Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Target reklama bo‘yicha yangi qoidalar o‘rnatildi

Target reklama bo‘yicha yangi qoidalar o‘rnatildi

Foto: "F-s-s.com.ua"

Yevropa ittifoqi mamlakatlari raqamli xizmatlar bozorini tartibga solish bo‘yicha qonun qabul qilish arafasida. Yangi qoidalar IT-kompaniyalarga target reklamalarda yosh, jins, irq, din va siyosiy qarashlarga oid ma’lumotlardan foydalanishni taqiqlaydi. Bunga amal qilmagan jarimaga tortiladi.

Qonun voyaga yetmaganlar uchun ham maqsadli reklamalarni man etadi. Ayniqsa Amazon, Google va Meta kabi yirik onlayn-platformalarga talab qattiq bo‘ladi. Bordiyu ular tartibga bo‘ysunmasalar, global aylanmalarining 6 foizi miqdorida jarimaga tortiladilar. Masalan, Amazon - 26 milliard yevro, Google14 milliard yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Qoidaning takroriy buzilishida ularga Uvropa ittifoqi miqyosida biznes yuritish taqiqlab qo‘yiladi.

Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishga ikki yil vaqt ketgan. Hukumat unga internet-kompaniyalari va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini shaffoflashtiruvchi manba, deb qaramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring