Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vaziri Codevision korxonasiga tashrif buyurdi (Foto)

Raqamli texnologiyalar vaziri Codevision korxonasiga tashrif buyurdi (Foto)

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida IT Park rezidenti Codevision xalqaro animatsiya va videografika yaratish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Codevision xususiy korxonasi 2020 yil sentyabr oyida Jizzax shahrida tashkil etilgan.

Korxona 3D animatsiya va video grafika mahsulotlarini ishlab chiqarib, AQSh, Isroil va Germaniya davlatlariga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirda korxonada 18 nafar yoshlar muntazam ish bilan ta’minlangan.

Korxona asosan veb sayt yaratish, kompyuter dasturlari yaratish, 3D animatsiya video yaratish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov korxona faoliyati bilan tanishish davomida uni yanada kengaytirish, yoshlarni IT yo‘nalishlariga ko‘proq jalb qilish, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “Codevision” XK rahbari Bahrom Sidikov yurtimizda IT sohasini rivojlantirish borasida yaratilgan sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanligini aytib, kompaniya eksport hajmini yanada oshirmoqchi ekanligini va kelgusida buyurtmalar hajmi oshishiga qarab yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring