Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘lik» biznesni raqamlashtirish orqali saqlab bo‘lmaydi

«O‘lik» biznesni raqamlashtirish orqali saqlab bo‘lmaydi

Foto: «Sakalsystem.com»

Avtomatlashtirish/raqamlashtirish loyihalari kamdan-kam hollarda to‘liq silliq kechadi. Qiyinchiligi shundaki, biz real muhitga yangi narsalarni kiritishga harakat qilsak, doim qarshilikka duch kelamiz. Muhit esa begona unsurni rad etishga harakat qiladi va bu normal holatdir. Nega?

Avvallari muvaffaqiyatni ta’minlovchi vosita jamoa hisoblangan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan esa raqamlashtirish loyihalarining muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillar haqida tasavvurlar kengaydi. Ushbu maqolada bu boradagi xulosalarimiz bilan o‘rtoqlashishga jazm etdik.

«Tirik» biznes

Biznes «tirik» bo‘lishi kerak. Bu nima degani? Bu savolga javob berish uchun bir nechta turdagi kompaniyalarga misollar keltiramiz.

Rivojlanayotgan kompaniyalar. Agar ko‘plab qishloq xo‘jaligi kompaniyalarini ko‘rib chiqsak, biz ularning doimiy ravishda o‘sib borayotganligi, mahsulot ustida tinmasdan ishlayotganligi, boshqaruv sifati oshib borayotganligi va kompaniyalarining rentabelligi oshib borayotganligiga amin bo‘lamiz. Bu biznes «tirik» hisoblanib, u endigina ko‘tarilish bosqichida hisoblanadi.

Turg‘un kompaniyalar. O‘z hududida ishlaydigan, ya’ni mahalliy kompaniyalar. Ehtimol, hatto kichik emas, lekin aylanmasi va daromadi bo‘yicha o‘rtacha. Shu bilan birga, ular o‘smaydi, balki bir muncha vaqt oldin egallagan o‘z pozitsiyalarini bir xil darajada ushlab turishadi. Bunday korxonalar o‘sib borayotgan raqobatchilar kichik kompaniyalarning bozor ulushini yeb bo‘lguncha mavjud bo‘ladi. Va vaqti kelib bu turdagi tashkilotlarga ham navbat yetib keladi.

Pastlayotgan kompaniyalar. Bozordagi ulushi doimiy ravishda pasayib borayotgan kompaniyalar sinfi. Bularning pul hajmi hatto o‘zgarmasligi ham mumkin (shu jumladan, inflyasiya tufayli), lekin kompaniya rivojlanmaydi va ichkaridan so‘nib boradi. So‘ngan kompaniyalarga xech qanday raqamlashtirish yordam bera olmaydi.

Tirik biznesni quyidagilar tavsiflaydi:

  • Bozori/mijozlari mavjud

Bu biznes uchun ishlash mumkin bo‘lgan bozori va mijozlari mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun bozor aniq. Bunda ular keng miqyosda iste’mol qilinadigan mahsulot ishlab chiqaradilar. Shunga ko‘ra, har kimning bozori va xaridori bo‘ladi.

  • Mahsulot mavjud

Kompaniyaning mahsuloti bo‘lishi kerak – kompaniya bozorga nima taqdim etadi.

Misol. Kichik bir hududiy go‘shtni qayta ishlash zavodi eskirgan uskunalarda qaynatilgan kolbasa ishlab chiqaradi. Yuqori ehtimollik darajasi bilan u bozorga raqobatchilarning mahsulotlaridan farq qilmaydigan mahsulotni taqdim etadi. Lekin shu bilan birga, narx jihatidan kattaroq o‘yinchilarga yutqazadi.

  • Biznes model mavjud

Bozor va mahsulotdan tashqari, biznes modeli bo‘lishi kerak, ya’ni biznes qanday qilib pul topadi.

Misol. Hozirda dunyo bo‘yicha bozorda ishlab chiqarishning kattagina hajmi xususiy savdo yorliqlari ostida amalga oshirilmoqda. Kompaniyaning biznes modeli shunday bo‘lishi kerakki, xususiy savdo yorliqlarining past ustama narxda sotilishi hisobiga ishlab chiqarish yukining hajmi va bir mahsulot birligining tannarxi arzonligi ta’minlanishi lozim. Ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi brendli mahsulotlarning ma’lum ulushiga ega bo‘lgan holda, ishlab chiqarishni shaxsiy yorliqlar bilan yuklash orqali erishadigan arzon narx o‘rtasidagi farq hisobiga ushbu brendli mahsulotlardan katta miqdorda daromad olinadi.

Mulkdorning ishonchi

Uzoq vaqt davomida oziq-ovqat biznesi egalari IT va raqamlashtirish kabi yo‘nalishga pul investitsiya qilish foydasini tushunishmagan. Yangi ishlab chiqarish liniyasini sotib olish yoki yangi omborni qurish – bu boshqa gap, bu yerda xarajatlar qoplanishi aniq, shunung uchun investitsiyalar xavotirsiz quyilib kelingan. Biroq so‘nggi paytlarda mulkdorlar o‘rtasida paradigma o‘zgarishi kuzatilmoqda. Ehtimol, bunga ularning ma’lum doiralardagi muloqoti ta’sir qilgan. Yoki amalga oshirilayotgan raqamlashtirishning ahamiyati haqida umumiy targ‘ibot, jumladan, davlat darajasida. Yoki kuchaygan raqobat.

Biroq, aksariyat hollarda, mulk egalari raqamlashtirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni boshladilar. Keling, ushbu qo‘llab-quvvatlash nimada aks etmoqda ko‘rib chiqaylik:

  1. Moliyalashtirishga tayyor

Ilgari, million (yoki uch million) ajratishda ko‘pchilik biznes egalari ushbu pul bilan har qanday avtomatlashtirish/raqamlashtirish loyihalarini amalga oshirish mumkinligiga ishonishgan. Endi esa ular bu yo‘nalish ko‘proq mablag‘ talab qilishini tushunishdi va uni taqdim etishga tayyor. Bu muhim omil. Chunki mablag‘siz raqamlashtirish loyihasini amalga oshirib bo‘lmaydi. Agar moliyalashtirish qisqartirilsa, bu biz qilayotgan ish sifatining cheklanishiga olib keladi. Va sifatni cheklash orqali biz ushbu loyihani amalga oshirishdan biznesning qoniqishini cheklaymiz. Mo‘’jizalar, afsuski, sodir bo‘lmaydi.

  1. Biznes-modelni texnologiyalarni hisobga olgan holda qurish

Biznes egasining ishonchini tavsiflovchi yana bir omil shuki, u yangi texnologiyalar uning biznesiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini tushuna boshlaydi. Mulkdor operativ boshqaruv bilan shug‘ullanmasa ham, biznes modelini qurish bilan shug‘ullanadi. Shunga ko‘ra, agar u raqamlashtirishga «ishonsa», u holda texnologiyaga asoslangan biznes modelini quradi. U ishlab chiqarish, logistika yoki tijoratda texnologiya yordamida qanday natijalarga erishish mumkinligini tushunadi va biznesning muayyan tarkibiy qismlariga tayanadi.

  1. Tashshabuslarni qo‘llab-quvvatlaydi

Raqamlashtirish loyihalari venchur loyihalar ekanligini ham tushunish muhimdir. Hamma texnologiyalar ham, paydo bo‘ladigan barcha yangi imkoniyatlar ham 100% muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Va biznes egasi qo‘llab-quvvatlaydigan tashabbuslar yuksalmasligi mumkin. Biroq muvaffaqiyatga erishganlar, u yoki bu sabablarga ko‘ra investitsiyalarni oqlamagan vositalar va texnologiyalarning xarajatlarini qoplaydigan foyda keltiradi.

Jamoa

Uchinchi asos – bu loyiha jamoasi. Bir guruh odamlar emas, balki jamoa. Har qanday raqamlashtirish loyihasida asosiy vazifa bu jamoaning o‘ziga xos hamjamiyat sifatida shakllanishini ta’minlashdir.

Jamoada quyidagi rollar mavjud bo‘ladi:

  1. Biznes-buyurtmachi

Odatda bu yo‘nalish direktori. Masalan, ishlab chiqarish direktori.

«Nimaga»ligini tushunadi

Agar ishlab chiqarish direktori, masalan, MES tizimini joriy etish orqali ishlab chiqarishni raqamlashtirishni xohlayotganini aytsa, u nima uchun kerakligini tushunishi kerak. Biznes egasi o‘z darajasida «Men bu foydali texnologiya ekanligini eshitdim va men uni biznesimda qo‘llamoqchiman» qabilida tushunsa, yo‘nalish direktori loyiha doirasida olingan natijalar ishlab chiqarishni boshqarish modelini optimallashtirish va iqtisodiy foyda olishga qanday yordam berishini aniq tushunishi kerak.

«Nima»ligini tushunadi

«Nima uchun»ligini tushungan holda, biznes – buyurtmachi «nima»ni xohlayotganini tushunadi. U yangi vositalarni joriy qilish bilan qanday natijalarga erishmoqchiligini anglaydi.

Biznes – buyurtmachi tafsilotlarni chuqur o‘rganmasligi mumkin. Biroq u «unga nima kerak» va «bu nima uchun kerak» degan savollarga aniq javob beradi. Va keyinchalik boshqa odamlar ishlashadi. Odatda funksional buyurtmachilar.

  1. Funksional-buyurtmachi

Bular ma’lum jarayonlarni operativ boshqarish bilan shug‘ullanadigan odamlardir. Tashkiliy tuzilma bo‘yicha, ehtimol, bular ma’lum bo‘limlarning rahbarlaridir. Ishlab chiqarish bilan qiyoslashni davom ettiradigan bo‘lsak, bular, ehtimol, sexlar boshliqlari. Ishlab chiqarish direktori sexda kechayotgan jarayonlarni bunchalik chuqur anglamaydi. Va sex boshlig‘i (funksional buyurtmachi):

- ishlab chiqarishdagi jarayonlar ishi qanday tashkil etilganligini biladi;

- joylardagi muammolar va imkoniyatlarni ko‘radi (biznes – buyurtmachiga kerak bo‘lgan samaradorlikka erishish va natijani qo‘lga kiritish uchun operatsion bosqichsa o‘z faoliyatida aynan nimani yaxshilashni);

- ifodalay oladi.

Zamonaviy dunyoda boshqaruvchilar, shu jumladan, funksional buyurtmachilar nafaqat bironta ish bajara olishlari, balki muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lishlari ham zarur. Ko‘rayotgan muammolarga asoslanib, ular o‘z operatsiyalarini qanday optimallashtirishni istashlari haqida gapira olishlari lozim.

  1. Loyiha menejeri

Dastlab e’lon qilingan natijalarga erishish uchun loyihaga ko‘plab odamlar jalb qilinadi (biz faqat 5 ta rolni ko‘ramiz, lekin ular ko‘proq xodimlarni o‘z ichiga olishi mumkin – umuman olganda, loyiha guruhlari 20-30 kishiga yetishi mumkin). Bu odamlarning faoliyatini qandaydir tarzda muvofiqlashtirish kerak. Shuning uchun loyiha boshlig‘i:

- loyiha ishtirokchilarining vazifalarini rejalashtiradi. Kim qaysi paytda qaysi vazifalarni bajarishini tushunadi;

- ushbu vazifalar ijrosini ta’minlaydi. Shu jumladan, jamoa a’zolari o‘rtasida muloqotni tashkil etadi;

- nazorat qiladi. Loyiha odatda xodimlarning asosiy faoliyati bilan parallel ravishda amalga oshiriladi, shuning uchun (qasddan emas), odamlar ba’zi vazifalarni bajara olmay qolishi mumkin bo‘ladi. Loyiha menejeri xodimlarning nima qilishi kerakligini nazorat qilishi, eslatishi va ba’zan, ehtimol, talab qilishi kerak bo‘ladi.

  1. Uslubiyot bo‘yicha konsultantlar

Jamoadagi ushbu rol ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu roldagi odam:

- Mazkur loyiha boshqalarda qanday amalga oshirilganligini;

- Mavzu bo‘yicha nazariy bilimlarga ega;

- Umumiy loyiha jamoasiga tushuntira olishi mumkin.

Konsultant funksional-buyurtmachining mustahkamlovchisi bo‘ladi. Ya’ni agar loyihada raqamlashtirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan va vazifani aniq shakllantira oladigan funksional-buyurtmachi bo‘lsa, u holda konsultant kerak bo‘lmaydi. Biroq ko‘pincha oziq-ovqat sanoatida boshqaruv darajasi shundayki, funksional-buyurtmachilar buni amalga oshirish uchun zarur darajada bilimlarga ega emas bo‘ladilar. Shuning uchun bu yerda konsultantlar yordam berishadi. Shunga ko‘ra, loyihani amalga oshirayotganda, biz bu rolni kim bajarishini tushunishimiz kerak.

Masalan, biz sanoat integratori sifatida loyihalarni amalga oshirib, bu rolni o‘zimiz bajarishimiz mumkin. Ya’ni bizda sanoat tajribasi bor, boshqalar buni qanday qilishini tushunamiz, bizda zarur nazariy bilimlar mavjud va biz funksional-buyurtmachilarga bu qanday sodir bo‘lishi va ular jarayonni yangi shaklda qanday boshqarishi haqida ma’lumot bera olamiz.

Agar siz sanoat integratori bo‘lmaganlar bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, u holda funksional-buyurtmachi va IT mutaxassislari o‘rtasidagi bo‘shliqni kim bilan to‘ldirishingizni tushunishingiz kerak bo‘ladi. Ehtimol, qo‘shimcha maslahatlar uchun boshqa kompaniyadan funksional-buyurtmachini jalb qilish lozimdir.

  1. IT-mutaxassislar

Son jihatdan ular juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu raqamlashtirish loyihasini bevosita amalga oshiradiganlar:

  • Funksional talablarni mahsulotga bo‘lgan talablarga o‘zgartirishadi.
  • Funksionalni ishlab chiqishadi.
  • Joriy etilayotgan tizimni yangi tizimlar bilan integratsiyalaydi.
  • Tizimni optimallashtiradi.
  • Tizim bilan ishlaydigan xodimlarni o‘qitishadi.
  • Foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashadi.

HR

Muayyan korporativ madaniyatni qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lgan kompaniya ichidagi HR xodimi bo‘lishi lozim, faqatgina yollovchi emas. Raqamlashtirish loyihasida ushbu mutaxassis:

  • Axborot bilan ta’minlashni amalaga oshiradi

Har qanday loyiha o‘z sohasiga kiradiganlarga muqarrar ravishda ta’sir qiladigan o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. HR – bular loyihani axborot bilan ta’minlash orqali to‘g‘ri ijobiy fonni yaratadigan odamlar – ishtirokchilar uchun maqsadlarni va foydali tomonlarni tushuntirish ishlarini olib borishadi.

  • «Tayanch» mutaxassislarni belgilab olishga yordam berishadi

HR «tayanch» mutaxassislarni aniqlashga yordam berish uchun odamlarning muayyan vazifalarni bajarish qobiliyatini baholay olishi kerak. Bu mutaxassislarga emas, balki bu mutaxassislarga ishonish kerak degan xulosani bera olishi zarur.

  • Moliyaviy rag‘batni moslashtiradi

HR, bir tomondan, loyihada faol ishtirok etayotgan va uni oldinga siljitadigan xodimlar uchun moliyaviy rag‘bat modelini o‘zgartirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi. Boshqa tomondan, loyiha amalga oshirilib borishi natijasida faoliyati o‘zgargan odamlar uchun ham.

Xulosa

  1. Biznes «tirik» bo‘lishi kerak. Agar biznes «o‘lik» bo‘lsa, uni raqamlashtirish orqali saqlab bo‘lmaydi. Faqat biznes modelini o‘zgartirsak, raqamlashtirish biznesga foyda keltirishi mumkin.
  2. Biznes egasi, ya’ni mulkdor raqamlashtirishga ishonishi va o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashi kerak.
  3. Ushbu loyihani amalga oshiradigan jamoa to‘g‘ri shakllangan bo‘lishi kerak.
  4. Rejalashtirilgan o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun jamoaga yordam beradigan, to‘g‘ri axborot fonini yaratadigan HR bo‘lishi kerak.

Shohruh Rahmat Ahtam o‘g‘li, «Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi» davlat unitar korxonasi bo‘lim boshlig‘i

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring