Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Octopian Digital» kompaniyasi bilan muhim masalalar muhokama qilindi

«Octopian Digital» kompaniyasi bilan muhim masalalar muhokama qilindi

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida Octopian Digital kompaniyasining boshqaruvchi direktori Fadi Javdat Xindi bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida tomonlar o‘z faoliyatlari haqida umumiy ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Shuningdek, Octopian Digital kompaniyasi bilan Birlashgan Arab Amirliklaridagi ma’lumotlar markazlari faoliyati tahlil qilindi hamda O‘zbekistonning «Elektron hukumat loyihalarini rivojlantirish markazi» DM bilan o‘zaro tajriba almashildi.

Jumladan, xavfsizlik tizimlari, hozirgi xalqaro biznes holatlari va sun’iy intellektga asoslangan davlat xizmatlari, aqlli shahar, bulutli hisoblash bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida kompaniyaning O‘zbekistonga kiritishi mumkin bo‘lgan sarmoyasi haqida fikr almashinildi. Shu o‘rinda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ham yurtimizda bu kabi eng zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan qator imkoniyatlar haqida kompaniya vakillariga ma’lumot berdilar va mamlakatimiz salohiyati Octopian Digital kompaniyasi xodimlari tomonidan yuqori baholandi.

Shuningdek, Octopian Digital kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda raqamlashtirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlar va kelajakdagi rejalar bilan qiziqdilar. Bu borada, asosiy maqsad O‘zbekistonni mintaqaviy IT-autsors markaziga aylantirish, IT-eksport xizmatlar hajmini oshirish, yoshlarni bu borada bilim va salohiyatlarini oshirish hamda ish bilan ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar kompaniya vakillariga tushuntirildi.

Uchrashuv so‘ngida Octopian Digital kompaniyasining Iordaniyadagi ta’lim sohasida axborot xavfsizligi masalasida erishgan yutuqlarini inobatga olib, kelgusida mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha bir qator takliflar berishni va ularni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Octopian Digital 1995-yilda Germaniyada tashkil etilgan, 2005-yilda esa rebrending qilingan. Kompaniya 80 mamlakat va 189 shaharda IT bilan bog‘liq masalalarga o‘z yechimlarini taklif etadi. Google, Apple, Microsoft, VISA, MasterCard, Lufthansa, Emirates, Orange, Vodafone, Shell, Bayer, British American Tobacco kabi kompaniyalar uning mijozlari hisoblanadi. Octopian Digital keng tarmoqli tizimlarda ma’lumotlarni uzatish samaradorligini oshirish, loyiha uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli yechim va xizmat ko‘rsatuvchi provayder bilan ta’minlash kabi xizmatlarni taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring