Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“IT Park Surxondaryo”: 2023-yilda 5 ming nafarga yaqin o‘quvchi axborot texnologiyalari sohasida o‘qitiladi

“IT Park Surxondaryo”: 2023-yilda 5 ming nafarga yaqin o‘quvchi axborot texnologiyalari sohasida o‘qitiladi

Foto: Mitc.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida IT Park rezidenti — “IT Park Surxondaryo” MChJ faoliyati bilan tanishdi.

2021-yilda tashkil etilgan korxona axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish xizmatlariga ixtisoslashgan. Viloyatning barcha tumanlarida uning o‘quv markazlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazlarda IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun veb-dasturlash, mobil dasturlash, grafik dizayn, robototexnika va veb-dizayn bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.

“IT Park Surxondaryo” MChJ 2022-yilda rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Korxonada 37 nafar yigit-qizlar ish bilan ta’minlangan.

Korxona tomonidan “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali binosining bo‘sh turgan qismi zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, kompyuter texnikalari va mebel bilan jihozlandi. IT sohasiga qiziquvchi aholi, ayniqsa, yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratildi.

2023-yilda korxona 5 ming nafarga yaqin o‘quvchilarni axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishni rejalashtirilgan. O‘quvchilar yanada qulay sharoitlarda axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni egallash ikoniyatiga ega bo‘ladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring