Ilk robotlar ayol qiyofasida yaratilgan

Robotlar tarixi ellinlar davriga borib taqaladi. Lekin ularni robot emas, zamonaviy robotlarning prototiplari, deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki ular avtomatik boshqaruvga ega bo‘lgan mexanik odamlar edi.
Faros orolida qurilgan mayoqqa 4 ta ayol haykali o‘rnatildi. Ular kunduzi quyosh nurida tovlanib turgan, tun yorug‘i ham ularni yorqin yorita olgan va uzoqdan ham aniq ko‘rinib turgan. Haykalchalar ma’lum vaqt oralig‘ida o‘girilish va qo‘lini ishlatish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Tunda dengizchilarni qirg‘oq yaqinligidan ogohlantirib, o‘zidan karnay sadolarini chiqarardi.
Al-Jazarning ixtirosi ham robotlarga yaqin edi. U 4 ta mexanik musiqachiga ega qayiq yasadi. Undagi jonsiz musiqachilar turli musiqiy asboblarda kuy ijro etolganlar.
1495 yillarda Leonardo da Vinchi inson shaklidagi robotni qalamga olgan. Rasm anatomik tadqiqotlarga asoslangan, degan farazlar ham mavjud.
XVI—XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropada tashqi tomonidan odamlar va hayvonlarga o‘xshash texnikalar keng tarqaldi. Masalan, "Ispan monaxi" deb nomlanadigan robot qo‘lini ishlatolgan, boshini qimirlatolgan. U 1560 yili mexanik Xuanelo Turriano tomonidan imperator Karla V uchun yasalgan ekan.
1738 yili fransuz ixtirochisi Jak de Vokanson fleyta chalishni biladigan odamga o‘xshash qurilmani kashf qildi.
1930 yili nemis va golland mutaxassislari tomonidan ko‘rinishidan odamni eslatadigan, oddiy harakatlarni bajarish, kishilarning buyrug‘iga asosan gapirishni uddalaydigan qurilma ishlab chiqildi. Ularning soni 38 ta edi.
1968 yili yapon kompaniyasi "Kawasaki" robot ishlab chiqarish uchun litsenziya oldi. Ishi o‘z muvaffaqiyatini isbotlab, robotlarni boshqa mamlakatlarga eksport ham qildi. 1980 yilga kelib Yaponiyada robotlar bozori sezilarli darajada oshdi, 2000 yilda mamlakat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. 2013 yili yapon robotlari fazogirlikni ham epladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter