«Ikki yorti bir butun» – onlayn o‘yinlarda miya faoliyati o‘zgarishi aniqlandi

Xelsinki universiteti olimlari onlayn rejimda birga o‘ynayotgan ikki geymerning miya to‘lqinlari, hattoki o‘yinchilarning o‘zlari turli xonalarda bo‘lsa ham, sinxronlashganini aniqlashdi. Tadqiqot Neuropsychologia jurnalida chop etildi.
Ikki kishi real dunyoda muloqot qilganda, ular neyron sinxronizatsiyasini boshdan kechiradilar. Olimlarning fikricha, bu yuzma-yuz muloqot paytida empatiya va hamkorlikni osonlashtiradi. Ma’lum bo‘lishicha, xuddi shunday jarayon onlayn o‘yinlarda sodir bo‘ladi.
Psixologlar birgalikda poyga o‘yinini o‘ynagan bir necha juft odamlarning miya to‘lqinlarini tahlil qilishdi. Shu bilan birga, ishtirokchilar alohida ovoz o‘tkazmaydigan xonalarda bo‘lishdi. Tajriba davomida internetda birga o‘ynayotgan ikki kishining miya to‘lqinlari sinxronlashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu tajriba, shuningdek, chastotalarning alfa va gamma diapazonlarida sinxronizatsiya o‘yin samaradorligini oshirishga olib kelishini ko‘rsatdi.
Tadqiqot mualliflarining fikricha, ijtimoiy onlayn aloqalar empatiyaning fundamental mexanizmlarini faollashtirishi mumkin, bu esa o‘yinlardan tashqari real dunyoda ijtimoiy munosabatlarning yaxshilanishiga olib kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter