Geymerlar qaysi operatsion tizimni tanlaydilar?

Sentyabr oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yin xizmati foydalanuvchilarining 56 foizi Windows 10 ni ma’qul ko‘rgan. Windows 11 ikkinchi o‘rinda - uning ulushi 37 foizga yetdi. Windows 7 va Windows 8 ham geymerlar uchun eng mashhur operatsion tizimlar qatoriga kiradi, lekin ularning umumiy ulushi 1,5 foizdan oshmadi.
Steam foydalanuvchilari orasida Microsoft operatsion tizimlarining ulushi 96,94 foizni tashkil etadi. Linux - 1,63, macOS - 1,43 foiz ulushga ega.
Bundan tashqari, geymerlar ko‘pincha Nvidia GeForce RTX 3060 video kartasidan foydalanadilar, 16 gigabayt operativ xotiraga ega, 1920x1080 pikselli monitorda o‘ynashadi va 1 terabayt ichki xotiraga ega kompyuterni tanlashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter