Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Eng katta ijobiy o‘zgarishni Farg‘ona viloyatida ko‘rsa bo‘ladi

Eng katta ijobiy o‘zgarishni Farg‘ona viloyatida ko‘rsa bo‘ladi

Vodiy viloyatlarining barchasida raqamli texnologiyalar sohasida ishlayotgan yoshlar ko‘paygan bo‘lsa-da, eng katta ijobiy o‘zgarishni Farg‘ona viloyatida ko‘rsa bo‘ladi. Bir yilda IT Park rezidentlari soni 5 baravarga ortib 50 taga yetibdi. Ularda ishlab yuqori daromad topayotgan xodimlar va frilanserlar soni ham karrasiga ortgan.

Marg‘ilonda shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz… degan jumlani yana bir bor hayotda eslatgandek hodisa bo‘ldi. Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida Inxa universitetining 2021 yildagi bitiruvchisi Jahongirni o‘zining muhandislik xobbisi va ijodi orqasidan bemalol Toshkentdagi Senior developerlardagidek daromad topayotganiga guvoh bo‘ldik. YouTubedagi kanalini ko‘rsangiz, bu videolar Marg‘ilonda tayyorlangan deb aytish qiyin, birinchi bo‘lib AQShdagi ijodkor tomonidan yaratilgan degan xayol keladi: https://youtube.com/@engineericly

Kanalidagi monetizatsiyasidan tashqari (ba’zi shortlari millionlab marta, videolari esa yarim million martalab ko‘rilgan), 3D printer chiqaruvchilar tomonidan bepul 20 dan ortiq turli xil 3D printerlar yuborilgan va ularning ishlashini yoritib berganiga qo‘shimcha mablag‘ ham to‘lashgan.

Uning asosiy muvaffaqiyat sabablari ingliz tilida ravon gapirishi, ijodkorligi va muhandislik sohasiga qiziqishidir. Shuning uchun ham ko‘proq yoshlarimiz internetdagi bo‘sh vaqtlarini birovni g‘iybat qilishga emas, chet tilini o‘rganishga va ijod qilishga yo‘naltirsalar, ular ham o‘zlari qiziqadigan sohasida bu kabi ommabop kanallar yaratib, oyiga minglab dollar daromad olishlari mumkin bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyotda yuqori daromad topish uchun albatta dasturchi bo‘lish shart emas!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring