Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi robot psixologlik qiladi

Endi robot psixologlik qiladi

Foto: "Pngwing.com"

"СберЗдоровье" Rossiya tibbiy xizmati innovatsion loyiha ustida ishlamoqda. U robot orqali masofadan psixologik yordam ko‘rsatadi. Mazkur xizmat katta kompaniya va davlat idoralarida joriy etilishi ko‘zlangan.

Loyihaga ko‘ra, robot insonlarga qo‘ng‘iroq qiladi va psixologik so‘rov o‘tkazadi. So‘ng olgan ma’lumotlariga mos ravishda kerakli shifokorga yo‘nalish beradi. Bari sun’iy intellekt orqali uddalanadi.

Robot ruhiy holatingizga aloqador turli savollar bilan murojaat qiladi. Masalan, mijozda o‘z joniga qasd qilish elementlari bor-yo‘qligini aniqlaydi. Robotning savollarida inson ayni vaqtda nimani xohlayotganini bilishga urinish ko‘p.

Psixolog-robot aslida sizni ko‘p savolga tutmaydi, asosiy savollari 3 ta. Ehtiyoj tug‘ilsa, yana bir nimalarni so‘rashi mumkin. Shu yo‘sinda psixoemotsional holatingizni osongina bilib oladi. Temir ruhshunos qo‘lga kiritgan ma’lumotlarini tasdiqdan o‘tkazish uchun mutaxassisga taqdim etadi. Keyingi bosqichda mutaxassis onlayn maslahat uchun vaqt belgilaydi.

Bu tizimni yanada rivojlantirish niyatidalar. Mijozning ovozi balandligi, intonatsiyasi, ko‘p ishlatadigan so‘zlari orqali ham ruhiy holatini aniqlash imkonlarini izlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring