Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet davlatlarga o‘qish va ishlash uchun ketayotgan vatandoshlarimiz diqqatiga!

Hujjatlaringizga maxsus shtamp – apostil qo‘ydirishni unutmadingizmi?

U o‘zi nimaga kerak deysizmi?

Bizning davlat tashkilotlarimiz bergan rasmiy hujjatlarni xorijdagi rasmiy idoralarga topshirish va ular xorijda tan olinishi uchun ularga maxsus shtamp — «Apostille» qo‘yilgan bo‘lishi shart.

Odatda, hujjatlarga Apostil qo‘yish uchun rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risida ariza, ariza beruvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi, xorijiy davlat – Konvensiya qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat, apostil qo‘yilganligi uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida hujjat taqdim etiladi. Apostil qo‘yish to‘g‘risidagi ariza, shuningdek apostil qo‘yilganligi uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat yagona asl nusxada taqdim etiladi.

Sizni qo‘rqitmoqchi emasman-u... Lekin sizni ham bir dasta hujjatni ko‘targan holda shu jarayonlar kutmoqda.

Agar my.gov.uz ning aynan siz uchun yaratgan qulayliklaridan bexabar bo‘lsangiz xuddi shunday ovvora bo‘lishingiz mumkin.

Ammo ushbu lavhani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, umid qilamanki, bunday ovvoragarchiliklar endi sizda bo‘lmaydi.

Negaki...

Hozirgi kunda Chet davlatlarga o‘qish va ishlash uchun ketayotgan vatandoshlarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan berilgan rasmiy xujjatlarga (diplom, attestat, sertifikat va boshqalar) Apostilni qo‘ydirilishi bo‘yicha elektron tarzda foydalanish imkoniyati bor. Endilikda o‘qish va ishlash uchun ketayotgan fuqarolar vazirlik va idoralarga bormasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, ya’ni my.gov.uz orqali elektron tarzda ariza yuborish mumkin. Xizmat aynan my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilsa 10 % lik chegirma bilan to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

  • Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalidan tegishli xizmat turini tanlaysiz. Xizmat tavsilotlari bilan tanishib chiqishni unutmang!
  • Xizmatdan foydalanish tugmasini bosgan holda birinchi bosqichda ommaviy oferta talablarini qabul qilasiz.
  • Ikkinchi bosqichda ma’lumotlaringiz avtomatik tarzda yuklanadi, ularga qo‘shimcha ravishda doimiy yashash manzilingizni kiritsangiz kifoya.
  • Keyingi qadamlarda apostil qo‘yiladigan hujjat biriktiriladi va to‘lov amalga oshiriladi.
  • Arizangiz tayyor bo‘lgach, mening arizalarim bo‘limidan hujjatni yuklab olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, quyidagilarga apostil qo‘yilmaydi:

  • chet elda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
  • tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;
  • O‘zbekiston fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga.

my.gov.uz  bilan barchasi juda sodda va qulay!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring