Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple Nyu-Yorkdagi yirik chakana savdo do‘konlarini yopdi

Apple Nyu-Yorkdagi yirik chakana savdo do‘konlarini yopdi

"applepro.news"

Apple Nyu-Yorkdagi yirik chakana savdo do‘konlarini, jumladan Beshinchi avenyu, Soho, Grand Central va Jahon savdo markazini Covid-19 holatlari ko‘payib borayotgani sababli xaridorlar uchun yopdi. Yopilish Nyu-Yorkdagi 16 ta do‘konga ta’sir qiladi, deb yozadi Bloomberg.

Ammo kompaniya hali ham xaridorlarga onlayn buyurtma berish va ularni do‘konlardan olish imkonini beradi."Biz muntazam ravishda sharoitlarni kuzatib boramiz va mijozlarimiz va xodimlarimiz farovonligini ta’minlash uchun sog‘liqni saqlash choralarimizni o‘zgartiramiz", dedi Apple dushanba kuni bayonotida.

Apple Nyu-Yorkdagi do‘konlari mijozlar uchun qachon ochilishini aytmadi. Kompaniya shuningdek, Vashingtondagi, Ogayo, Texas, Jorjiya, Florida va Los-Anjelesdagi ba’zi joylarda o‘z do‘konlarini vaqtincha yopdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring