UZTELECOM mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchi o‘rinni egalladi

UZTELECOM “Fastest Mobile Network” (“Eng tezkor mobil tarmoq”) nominatsiyasi bo‘yicha Speedtest Awards 2023 sovrindoriga aylandi.
O‘zbekistonda keng ko‘lamli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi UZTELECOM operatori Ookla® xalqaro kompaniyasining 2023 yilning 1-2-choragi bo‘yicha “Eng tezkor mobil tarmoq” nominatsiyasida oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi.
2023-yilning birinchi va ikkinchi choragida 144 497 nafar foydalanuvchi o‘z qurilmalari orqali Speedtest® xizmatidan foydalangan holda mobil internet tezligini tekshirgan. Shundan so‘ng, Ookla® natijalariga ko‘ra, UZTELECOM ushbu davrdagi yuklab olish va yuklash tezligi bo‘yicha eng yaxshi natijani ko‘rsatgan hamda eng yuqori 36.96 ballga sazovor bo‘lgan. Baholash metodologiyasi bilan Speedtest® ilovasining veb-saytida tanishib chiqish mumkin.
Ookla® tarmoq va ulanish tahlili bo‘yicha jahon yetakchisi hisoblanadi. Deyarli yigirma yil davomida Ookla® simli va mobil tarmoqlarni sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish uchun tarmoqli standartni o‘rnatdi.
Xabarga ko‘ra, 2023-yilning bahorida UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani ishga tushirgan bo‘lib, uning doirasida 3000 dan ortiq mavjud baza stansiyalarini yangilash, shuningdek, 2000 ta yangi baza stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan edi. Loyiha doirasida Toshkent va Samarqandda beshinchi avlod aloqasi ishga tushirilgan.
Ta’kidlanishicha, Ookla®ning “Eng tezkor mobil tarmoq” mukofoti kompaniyani sohada yetakchilikni saqlab qolish uchun o‘z faoliyatini yanada rivojlantirish va yaxshilashga undaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter