Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘mon davlatining Maskat shahrida “Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarining mintaqaviy sun’iy intellekt forumi”da hamyurtlarimiz ham qatnashishdi  

O‘mon davlatining Maskat shahrida “Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarining mintaqaviy sun’iy intellekt forumi”da hamyurtlarimiz ham qatnashishdi   

Joriy yilning 2—3-yul kunlari O‘mon davlatining poytaxti Maskat shahrida “Islamic World Artificial Intelligence Charter” (IWAIC) forumi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur forum ICESCO (The Islamic World Educational, Scientific and Cultural Organization) hamda O‘mon davlatining “University of Technology and Applied Science” universiteti tomonidan tashkil etilib, unda 20 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan 150 dan ortiq mehmonlar ishtirok etdi. 

Forumda Raqamli texnologiyalar vazirligi xodimlari ham ishtirok etib, O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanish holati, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida o‘z taqdimotlari bilan qatnashdi.

Shuningdek, forum doirasida xorijiy mamlakatlar delegatsiya a’zolari bilan o‘zaro hamkorlikda sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish hamda hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring