Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyaning Seul shahrida O‘zbekistonning autsorsing salohiyati namoyish etiladi  

Janubiy Koreyaning Seul shahrida O‘zbekistonning autsorsing salohiyati namoyish etiladi   

Foto: Digital. uz

Bir necha kundan so‘ng Janubiy Koreyaning Seul shahrida davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlari va inson kapitali haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan birgalikda O‘zbekistonning autsorsing salohiyati namoyish etiladi.

Rivojlangan infratuzilma, yuqori malakali texnologiya mutaxassislariga ega ko‘p madaniyatli kadrlar salohiyati va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dasturlarni o‘z ichiga oluvchi texnologiyalar sohasidagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling.

🗓 Sana: 24-may, 14:00-17:00

📍 Tadbir o‘tkaziladigan joy: COEX konferensiyalar zali (Janubiy) 300 (3F)

Nima uchun O‘zbekiston autsorsing yo‘nalishi sifatidagi eng yaxshi tanlov hisoblanadi?

O‘zbekiston 21 milliondan ortiq mehnatga layoqatli aholi va 180 dan ortiq IT-ta’lim kompaniyalariga ega bo‘lgan Markaziy Osiyoda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha 1-o‘rinda turuvchi davlatdir.

O‘zbekistonda iste’dodlar zaxirasi bilan bir qatorda kompaniyalarga 3-6 oy ichida o‘z faoliyatini boshlashga yordam berish maqsadida optimallashtirilgan tartib-taomillar va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadigan jozibador ishbilarmonlik muhiti yaratilgan.

O‘z o‘rningizni band qilish va biznesingiz uchun O‘zbekistonning IT-salohiyatini kashf etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:

https://bit.ly/register_seoulmay24

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring