Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat tashkilotlari qay darajada raqamlashgan (reyting)

Davlat tashkilotlari qay darajada raqamlashgan (reyting)

Foto: Egov.uz

O‘zbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining 2022-yilgi reytingida, o‘tgan davr natijasidan 18 pog‘ona yuqorilab, 195 ta mamlakat ichida 69-o‘ringa ko‘tarilib, eng tez sur’atlarda o‘sayotgan davlatlar qatoriga kirgan edi.

Ushbu xalqaro reyting ko‘rsatkichlari asosida O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keying o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur metodika doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi 2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingini e’lon qildi. Reytingda 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimlik: jami 95 ta davlat tashkiloti qamrab olindi.

Reyting baholash 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:

  • Ochiqlik va elektron ishtirok;
  • Elektron davlat xizmatlari;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Faoliyatning raqamlashtirilganligi;
  • Tashkiliy masalalar.

Reyting natijalari quyidagi tartibda 3 ta toifaga ajratiladi:

  • 71 dan 100 ballgacha — “yashil” (yaxshi);
  • 55 dan 71 ballgacha — “sariq” (qoniqarli);
  • 55 dan pasti — “qizil” (qoniqarsiz).

Baholash natijalariga ko‘ra:

  • Yaxshi — “yashil” ro‘yxatga jami 38 ta;
  • Qoniqarli — “sariq” ro‘yxatga jami 41 ta;
  • Qoniqarsiz — “qizil” ro‘yxatga jami 17 ta tashkilot kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring