Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantirilmoqda

IT ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantirilmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi AQShga xizmat safarini amalga oshirdi.

Mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasida IT ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi hamkorlik loyihalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Delegatsiya safar davomida AQShning San-Fransisko shahrida bir qator yirik kompaniyalar va ta’lim tashkilotlari rahbariyati, startaplar jamiyati hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, jumladan:

  • ”Coursera” kompaniyasi
  • ”Stanford” universiteti
  • ”Apple” kompaniyasi
  • ”Asia Foundation” fondi
  •  Silk Road Innovation Hub.

Uchrashuvlarda:

➖Raqamli ta’lim yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;

➖Davlat xizmatchilari malakasini oshirish;

➖Mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro bozorga olib chiqish;

➖Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi va xotin-qizlarga SI texnologiyasini o‘rgatish bo‘yicha loyihalarni yo‘lga qo‘yish;

➖IT o‘quv markazlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

➖chekka va olis hududlardagi yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishni ko‘z tutuvchi raqamli kontentlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar so‘ngida Rustam Karimjonov O‘zbekistonda IT sohasida yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi hamda “ICTWeek - 2025” AKT haftaligiga taklif etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring