Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatish uchun Qozog‘iston Respublikasiga tashrif amalga oshirildi

IT korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatish uchun Qozog‘iston Respublikasiga tashrif amalga oshirildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy shu’basi, Samarqand viloyati hokimligi hamda IT Park vakillarining Qozog‘iston Respublikasining Olmaota va Ostona shaharlariga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrifning dastlabki kunida Olmaota shahrida faoliyat olib borayotgan IT-eksport faoliyatini amalga oshiruvchi “Rocket Firm Group” korxonasi hamda 20 dan ziyod IT korxonalarning assotsiatsiyasi hisoblangan “Internet Assotsiatsiya Kazaxstana” rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga Samarqand viloyatida faoliyatlarini kengaytirishlari hamda IT-eksport xizmatlarini ko‘rsatishlari bo‘yicha taklif berildi.

Tashrifning keyingi kunlari startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi venchur fondi, kovorking, IT-ta’lim va boshqa bir qator yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan “Most holding ”, 80 foiz IT korxonalardan tashkil topgan “Smartpoint” kovorking markazi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, kelgusida Samarqand viloyatida ham kovorking markazi hamda venchur fondini tashkil etish, yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Cybernet IT, Kulenkov Group, Qasaqsoft, Jusan Mobile va boshqa jami 10 dan ziyod IT korxonalar vakillari bilan uchrashilib, ularga O‘zbekiston Respublikasi, xususan Samarqand viloyatidagi mavjud IT ekotizimi, IT korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda imtiyoz to‘g‘risida ma’lumot berilib, taqdimotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, “AstanaHub” hamda unda faoliyat olib borayotgan bir qator IT korxonalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Shu jumladan, Gamedev  (o‘yinlarni ishlab chiqarish) yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan Artix, Funtix, Omnium kabi korxonalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ularning faoliyatlarini Samarqand viloyatida kengaytirish hamda viloyatda mazkur yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha alohida jamoa shakllantirish masalalari muhokama etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring