Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning Yale universiteti bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

AQShning Yale universiteti bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning nufuzli Yale universiteti professori Jing Tsu boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda unda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiyalar haqida gapirib, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, jumladan, bu borada erishilgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, raqamli davlat xizmatlarining moliyaviy tizimlar bilan integratsiyasi orqali fuqarolar va biznes vakillari uchun yaratilgan qulayliklar ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, vazir mintaqaviy hamkorlik haqida gapirib, O‘zbekistonning IT Park va Qozog‘istonning Astana hub hamkorlikda ishlayotganini, Markaziy Osiyoni yagona IT hudud sifatida ilgari surish maqsadida xalqaro investorlarga mintaqani bir butun sifatida tanishtirish muhimligi ta’kidladi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, O‘zbekistonda yashil energiyaga asoslangan ma’lumotlar markazlari loyihalari haqida ma’lumot berib, ular orqali xalqaro kompaniyalar uchun jozibador sharoitlar yaratilayotganini aytib o‘tildi. Shu bilan birga, mamlakatning biznes jarayonlarini autsorsing qilishda raqobatbardosh imkoniyatlari, xususan, AQShning yuk tashish sohasidagi kompaniyalariga xizmat ko‘rsatish uchun autsorsing markazlari ochilishiga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, vazir O‘zbekistonda ingliz tilini bilish darajasi oshib borayotganini ta’kidlab, IT ta’lim tizimini rivojlantirishda ingliz tilining muhim rol o‘ynashini va zamonaviy bilimlarni olishda til ko‘nikmalarining ahamiyati haqida gapirdi.

O‘z navbatida, IT ta’lim sohasidagi innovatsiyalarni joriy etish va O‘zbekiston yoshlarini zamonaviy ta’lim bilan ta’minlashda Yale universiteti bilan hamkorlik qilish muhim ekani ta’kidlandi.

Yale universitetining tajribasidan foydalanib, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va o‘quvchilarni zamonaviy talablar darajasida tayyorlashga e’tibor qaratish bo‘yicha takliflar berildi.

Ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Yale universiteti o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, kelgusidagi loyihalar va tashabbuslar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring