Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) katta vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi

AQShning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) katta vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos hamda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) katta vitse-prezidenti Daniyel Runde o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dastlab Daniyel Runde o‘zi va Markaz faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berdi. U O‘zbekistonning so‘nggi yillarda AKT sohasida erishgan yutuqlarini yuqori baholadi va mamlakat jadal sur’atda rivojlanayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, vazir birinchi o‘rinbosari O. Pekos vazirlik rejalari bilan o‘rtoqlashar ekan, “Raqamli O‘zbekiston 2030” doirasida BPO xizmatlarini eksport qilish bo‘yicha belgilangan rejalar haqida gapirib, vazirlik sun’iy intellekt sohasini faol rivojlantirishga kirishganini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, IT autsorsing xizmatlarini yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, IT Park tomonidan xorijiy kompaniyalar uchun berilayotgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumot taqdim etildi. Autsorsing  xizmatlarini rivojlantirishda AQSh kompaniyalari ishtirokini yanada oshirish bo‘yicha takliflar berildi.

Bundan tashqari, O. Pekos Saudiya Arabistoning DataVolt  kompaniyasi tomonidan 5 milliard dollarlik investetsiyalar asosida “Yashil” ma’lumotlar markazlari qurilayotganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi barcha maktablar keng polosali yuqori tezlikdagi internetga ulanganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, “Muxlisa” ovozli yordamchi haqida suhbatlashildi hamda bugungi kunda barcha BYD  avtomobillarida ovozli yordamchini joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani aytib o‘tildi.

Yakunda tomonlar uchrashuv uchun bir-biriga minnatdorchilik bildirib, kelgusida hamkorlikda ishlashga umid bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring