Yorqin kelajakka ega sohamiz vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz
7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan sohamizning tashabbuskor yoshlari tabrik roligini tayyorlashgan ekan, ko‘rishni tavsiya qilamiz.
Oddiy xat-xabarlar yuborishdan boshlab, pochta, telegraf, telefon, internet va raqamli texnologiyalar doimo insonlarni o‘zaro aloqalarini yaxshilash uchun zarur vosita bo‘lib kelgan.
Hozirgi kunda Davlatimiz Rahbarining sohamizga alohida e’tiborlari tufayli, sohamiz kengayib barcha davlat tashkilotlarida ham axborot texnologiyalari mutaxassislari o‘z faoliyatlarini kengaytirmoqdalar.
Aloqa va axborot texnologiyalari orqali minglab yoshlarimiz yurtimizda yashab, iqtisodiy rivojlangan davlatlarga o‘z xizmatlarini masofadan ko‘rsatib yuqori daromad topishlari orqali mamlakatimizga eksport tushumlarining ortishiga ko‘maklashmoqdalar.
Uzoq tarixga va yorqin kelajakka ega sohamiz vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter