Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘qolgan odamni ovozi orqali topadigan dron

Yo‘qolgan odamni ovozi orqali topadigan dron

Foto: Habr.com

Sankt-Peterburglik olimlar o‘rmonda adashib qolgan odamni qichqiriq orqali topadigan dron ishlab chiqishdi. Dronga akustik tizim, kuchaytirgichlar o‘rnatildi va sirena ovozi minimal quvvat sarfi bilan hududni maksimal qamrab oladi.

- Biz videokamera va fotoapparatdan voz kechdik, chunki ular ishlamayapti, bu ko‘p marta sinovdan o‘tgan. Agar dron va odam o‘rtasida barglar va shoxlar bo‘lsa, uni ko‘rib bo‘lmaydi, — deya tushuntirdi markaz direktori Konstantin Amelin.

Agar yo‘qolgan odam qo‘ng‘iroq qila olsa, lekin uning manzilini aniqlay olmasa, sirenali dron yordam beradi. Dronni havoda to‘xtatib, o‘z o‘qi atrofida aylantirib, yo‘qolgan odamning joylashuvini yanada aniqroq bilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring