Yilning eng tez ishlab chiqarilgan va tez quvvatlanadigan elektromobili qaysi?

Porsche Taycan elektromobilining yangilangan versiyasi qanday ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lgani haqida eshitdingizmi? Eng asosiy yangiliklardan biri quvvatlanish tezligi oshdi.
Bu hali hammasi emas, ushbu sport avtomobili kompaniya tarixidagi eng tez ishlab chiqarilgan elektromobilga aylandi.
2023-yilgi model 79 kVt/soat va 98 kVt/soat akkumulyator bilan chiqarilgan bo‘lsa, Performance Battery Plus to‘plamidagi yangi versiya esa 105 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlandi.
Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar avtomobilning juda tez quvvatlanish xususiyatini ham alohida e’tirof etishmoqda.
Ya’ni, ushbu elektromobil bor-yo‘g‘i 18 daqiqa ichida noldan 80 foizgacha quvvatlanadi. Qolaversa, uning quvvati past haroratlarda ham uzoq muddatga yetadi.
Bundan tashqari, yangi Porsche Taycanni ishlab chiqarishda aerodinamik optimallashtirilgan hamda 21 dyuymli g‘ildiraklar va aylanish qarshiligi pasaytirilgan shinalardan foydalangan.
Top modelning quvvati 700 kVt yoki 938 ot kuchiga teng bo‘lishi kutilmoqda. Ammo Porsche 10 soniya davomida qo‘shimcha 70 kVt/94 ot kuchi olish imkonini beruvchi maxsus rejimni ham o‘z ichiga olgan.
2025-yilda elektromobil ishqibozlari e’tiboriga havola etilishi kutilayotgan Taycan yangi faralar va orqa chiroqlar hamda o‘ziga xos old qanotlarga ham ega bo‘ldi.
Shuningdek, charm qoplangan salon qismi Race-Tex mikrofiber matosi bilan almashtirildi. Yana bir yangilik esa Apple CarPlay tizimining avtomobil ichki tizimiga chuqurroq integratsiyalashuvidir.
Yangi Porsche Taycanning narxi 101 395 – 210 995 dollar oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Avtomobilning sotuv jarayonlari esa shu yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter