Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YandexGPT javoblar sifati bo‘yicha ChatGPTdan o‘zib ketdi

YandexGPT javoblar sifati bo‘yicha ChatGPTdan o‘zib ketdi

Foto: Lifehacker

63 foiz hollarda Rossiyaning YandexGPT 2 neyrotarmog‘i Amerika OpenAIning GPT 3.5 til modeliga nisbatan rus tilida javob berishda samaraliroq bo‘lib chiqdi. Bu ikkala neyrotarmoq ham bir xil so‘rovlarga javob bergan sinovlar natijasida ma’lum bo‘ldi. Sun’iy intellekt bo‘yicha trenerlar qaysi xizmatni taqdim etishini bilmagan holda eng yaxshi javobni tanladilar.

Test savollari Yandex mahsulotlaridagi YandexGPT 2 neyron tarmog‘iga haqiqiy foydalanuvchi so‘rovlari asosida yaratilgan. Mutaxassislar eng yaxshi javobni tanlashda odamlarning haqiqiy ehtiyojlarini aks ettiruvchi turli mavzularni hisobga oldilar.

Yandexning qidiruv xizmati texnik direktori Aleksey Gusakovning ta’kidlashicha, neyrotarmoqlarni taqqoslash faqat benchmarkda mavhum raqamli ko‘rsatkichlarni olish uchun emas, balki mahsulotning funksionalligini yaxshilash va yangi xususiyatlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Ishlab chiqilayotgan YandexGPT allaqachon Alica ovozli yordamchisida joriy qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring