Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va IT sohasiga jalb qilish maqsadida 10 TA GRANT

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va IT sohasiga jalb qilish maqsadida 10 TA GRANT

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda MAAB Innovation kompaniyasi hamkorlikda 10 nafar xotin-qizlarga IT sohasida yuqori daromadli kasb egasi bo‘lib faoliyatlarini davom ettirishlari uchun maxsus imkoniyatni taqdim etadi.

25 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ushbu imkoniyatdan foydalanib, 2 oylik Power BI kursida mutlaqo bepul o‘qishlari mumkin.

Grant shartlari:

- Davlat tashkiloti yoki xususiy sektorda buxgalter, moliyachi, kadrlar bo‘yicha mutaxasis yoki shunga o‘xshash ma’lumotlar bilan ishlaydigan soha egasi bo‘lishlari;

- Mantiqiy fikrlash bo‘yicha MAAB akademiyasi imtihonidan o‘tishlari kerak.

Qatnashuvchilar kurs davomida Power BI dasturini o‘rganishlari va o‘z ish faoliyatlarida qo‘llab mehnat unumdorligini 10 barobargcha oshirishlari mumkin. 

Ro‘yhatdan o‘tish uchun: havola ustiga bosing

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring