Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Xorijdan meva keltirish” qimmatga tushdi

“Xorijdan meva keltirish” qimmatga tushdi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida yashovchi 29 yoshli E.I. ichki ishlarga murojaat qilib, bank kartasidagi 7 500 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrining Bektemir tumanida yashovchi 32 yoshli U.R. sodir etgani aniqlandi.

U.R. jabrlanuvchi E.I. bilan telefon orqali tanishib, unga chet davlatdan sitrus meva yetkazib berishini aytib, oldindan 7 500 000 so‘m pulni o‘zining foydalanuvidagi bank kartasiga o‘tkazib olgan, so‘ngra yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.R.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring