47 nafar talaba Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiasi g‘olibi bo‘ldi

Xabaringiz bor, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilari uchun Vazirlik stipendiyasi tanloviga start berilgan edi.
Joriy yil tanlovda jami 173 nafar nomzodlar ishtirok etdi hamda belgilangan Nizom talablariga muvofiq eng munosib 47 nafar talaba va o‘quvchilar saralab olindi.
G‘oliblar taqsimoti:
Universitet talabalari: 43 nafar;
Litsey o‘quvchilari: 4 nafar.
G‘olib bo‘lgan talabalarga 10 oy davomida 1 875 000 so‘mdan, o‘quvchilarga esa 750 000 so‘m miqdorda stipendiya berib boriladi.
Batafsil: https://digital.uz/news/view/27987/
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter