Xizmat ko‘rsatish sohasidagi yetakchi 10 ta soliq to‘lovchining yettitasi — aloqa korxonasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasidagi yetakchi 10 ta soliq to‘lovchining yettitasi — aloqa korxonasi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘z telegram-kanalida yozdi:
“Xizmat ko‘rsatish sohasidagi top-10 ta soliq to‘lovchining 7 tasi aynan aloqa sohasi korxonasi bo‘lgani sohamizning ham mamlakatimizdagi ijtimoiy masalalar yechimiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shayotganini ko‘rsatadi. Aloqa korxonalari ichki tizimlarini raqamlashtirib, soliqdan qochishga harakat qilmasligi bois, Soliq qo‘mitasi tomonidan xufyona aylanmani qisqartirishga qaratilgan 1 foizli keshbek tizimidan ham istisno qilingan.
Albatta, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan xufyona aylanmani qisqartirish va soliq yukini to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida vaqti kelib top-10talikka, boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlardagidek, boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalari ham ko‘proq qo‘shilsa kerak, chunki kundalik hayotimizda aloqa xizmatlaridan ko‘ra ancha ko‘proq mablag‘ni boshqa xizmatlarga ishlatamiz. Oddiy misol, bitta “O‘zbektelekom” butun umumiy ovqatlanish sohasi korxonalaridan ko‘p soliq to‘labdi, aslida esa aholimiz aloqadan ko‘ra ovqatlanishga ancha ko‘p mablag‘ sarflaydi”, — deb yozdi vazir.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter