Xiaomi yangi smartfonlardan bunday natija kutmagandi

Yaqinda Xitoyda taqdim etilgan yangi Xiaomi 14 va 14 Pro flagmanlari bozorda haqiqiy shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu modellarning birinchi flesh-sotuvi kecha bo‘lib o‘tdi va barcha qurilmalar deyarli bir zumda sotildi. To‘rt soat ichida barcha ajratilgan zaxiralar tugadi.
Xiaomi 14 seriyasi dunyoda birinchi bo‘lib Snapdragon 8 Gen 3 chipsetidan foydalandi. Kompaniyaning yangi operatsion tizimi HyperOSda ishlaydi, u MIUI o‘rnini bosishga mo‘ljallangan va turli qurilmalar, jumladan, avtomobillar, televizorlar va taqiladigan elektronikalarda qo‘llaniladi.
Xiaomi 14 narxi 550 dollar, Xiaomi 14 Pro esa 700 dollarga baholandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter