Xiaomi geymerlar uchun katta televizor chiqardi

Xiaomi kompaniyasining Redmi brendi katta diagonalli, 120 Gs chastotali matritsaga ega, hamyonbop yangi televizori — Redmi A75 2024 sotuvi oldindan boshlanganini e’lon qildi.
Redmi A75 2024 televizorida 75 dyuymli panel 4K piksellar soniga va 120 Gs tasvirni yangilash tezligiga ega bo‘lib, bu tasvirning yuqori ravshanligi va silliqligini ta’minlaydi. Bunday xususiyatlar televizordan o‘yin qurilmasi sifatida foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, yangi televizorda Delta E rang aniqligi 2 dan kam ekanligini aytilmoqda.
Qurilma Arm Cortex-A35 yadroli protsessor, 2 Gb tezkor xotira va 32 Gb ichki xotira bilan jihozlangan. Televizor ikki diapazonli Wi-Fini qo‘llab-quvvatlaydi va har biri 10 Vt quvvatga ega ikkita dinamigi bor, HDMI, USB, Ethernet kabi bir nechta portlarga ega.
Xitoyda Redmi A75 2024 narxi — 2999 yuan (420 dollar atrofida)ni tashkil etdi, bu uni turdosh segmentdagi eng arzon televizorlardan biriga aylantiradi. Qurilma 30-noyabrdan sotuvga chiqarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter