Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Garri Potter muxlislari uchun Redmidan sehrli smartfon va planshet

Garri Potter muxlislari uchun Redmidan sehrli smartfon va planshet

Foto: 4PDA

Redmi brendi Garri Potter kitoblari va filmlarining ishqibozlari uchun yangi Turbo 3 smartfoning oddiy versiyasi bilan bir qatorda Redmi Pad Pro smartfoni va plansheti ham taqdim etilishini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmalar Joan Roulingning sehrli olami uslubida ishlab chiqiladi. Maxsus versiya asosiy versiyadan Xogvarts emblemasi, ko‘plab kichik detallar va noyob dizayni bilan farq qiladi. Masalan, "Lyumos" yozuvi bo‘lgan sehrli tayoqcha chaqnash yoritgich vazifasini bajaradi.

Texnik taraflama esa siz asosiy versiyalardan hech qanday farqni kutmasangiz ham bo‘ladi. Smartfon oldingi flagman Qualcomm Snapdragon 8s Gen 3 protsessori, kamida 12 Gb operativ xotira, 2400 nitsgacha yorug‘likdagi nozik ramkali ekranga ega bo‘lib, qalinligi 8 mmdan biroz ingichkaroq va og‘irligi esa atigi 179 grammga teng.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Redmi kompaniyasi Redmi Note 12 Turbo Harry Potter Editionni chiqargan edi. Smartfon o‘zining betakror dizayni va film muxlislari uchun turli esdalik sovg‘alarga boy paketi bilan ajralib turardi. Tizer ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mahsulotda ham yanada ko‘plab sehrli aksessuarlar bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring