Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

140 dollarlik 5G-smartfon — Redmi 13R taqdim etildi

140 dollarlik 5G-smartfon — Redmi 13R taqdim etildi

Foto: Gearrice

Redmi brendi ostidagi navbatdagi hamyonbop smartfon — Redmi 13R 5G taqdim etildi.

Redmi 13R smartfoniga o‘rnatilgan 6,74 dyuymli IPS-ekran (HD+) 90 Gs yangilanish chastotasiga ega bo‘lib, Gorilla Glass bilan himoyalangan.

Protsessor — MediaTek Dimensity 6100+, operativ xotira — 4 Gb, doimiy xotira — 128 Gb.

Video va foto asosiy (50 Mp) va qo‘shimcha kamerada olinadi, kameralar modeli yonida LED-chaqin joylashgan. Selfi-kamera — 5 Mp. HDR, portret, taymlaps va tungi rejimlarda suratga olish ko‘zda tutilgan.

Akkumulyatori sig‘imi — 5000 mAs, quvvatlash kuchi — 18 Vt.

Barmoq skaneri korpus yonida joylashgan, qo‘shimchalardan USB Type-C port, 3,5 mm audiochiqish mavjud. Ikkita SIM-karta va bitta microSD o‘rnatish mumkin. Operatsion tizim — MIUI 14 qobiqli Android 13.

5G standartidagi aloqani qo‘llovchi Redmi 13R smartfoni qora, yashil va binafsharang korpuslarda chiqariladi, narxi — $140.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring