“Wi-Fi uyoqda tursin, hatto internet nimaligini bilishmaydi”

People for Successful Corean Reunification (Pscore) tashkiloti o‘tkazgan yangi tadqiqotga ko‘ra, Shimoliy Koreya jamiyatining atigi bir necha ming nafar imtiyozli a’zolarigina global tarmoq, ya’ni internetdan foydalanmoqda. Mamlakat aholisining katta qismi uchun hatto o‘ta kuchli senzuralangan ichki intranet eshiklari tappa-taq yopilgan.
Bu mamlakatda erkin va ochiq axborot olish imkoniyatini yo‘q desa ham bo‘ladi. Masalan, Pscore hisobotiga ko‘ra, global internetga kirishga ruxsati bor “imtiyozlilar”ga ham juda qattiq cheklovlar qo‘yilgan. Ular internetga kirish uchun uzoq bosqichli tasdiqlash jarayonidan o‘tishadi, qolaversa, foydalanuvchilarning yonida har 5 daqiqada ularning xatti-harakatini baholab boruvchi kuzatuvchi albatta bo‘ladi.
Tashkilot xulosa qilishicha, KXDRda yashovchi millionlab kishilar uchun global tarmoq shunchaki mavjud emas, uning nimaligini bilishmaydi ham.
“Butunjahon o‘rgimchak to‘rini o‘rganganman, hatto imtihon uchun u haqda ma’lumotlarni yodlaganman, biroq internet nimaligini faqat nazariyada bilardim”, — degan shimoliy koreyalik qochqinlardan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter