Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

WhatsApp messenjeri iPhone 5 va iPhone 5C’da ishlashni to‘xtatadi

WhatsApp messenjeri iPhone 5 va iPhone 5C’da ishlashni to‘xtatadi

Foto: "iGuides.com"

Messenjerdagi barcha yangiliklarni kuzatib boruvchi WABetaInfo resursiga ko‘ra, dastur ishlab chiquvchilari joriy yilda iOS 10 va iOS 11 o‘rnatilgan qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadilar. Bu 24 oktabr kuni sodir bo‘ladi.

Shunday qilib, kuzda WhatsApp messenjeri iPhone 5 va iPhone 5C kabi smartfonlarda ishlashni to‘xtatadi. Bu ma’lumotlar WhatsApp Yordam Markazi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, bu ilovaga iOS 12 (va undan yuqori) va Android 4.1 (va undan yuqori) versiyalar kerakligidan dalolat beradi.

Apple iyun oyida bo‘lib o‘tadigan WWDC 2022 ko‘rgazmasida iOS 16’ni taqdim etishi kutilmoqda.U ko‘plab yangi funksiyalarni taqdim etadi, biroq shu bilan birga, yangi OS’ni kompaniyaning bir qator mashhur telefonlari – iPhone 6s, iPhone 6s Plus va iPhone SE’ni ko‘llab-quvvatlamaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring