Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

WhatsApp ayrim smartfonlarda ishlashni to‘xtatadi

WhatsApp ayrim smartfonlarda ishlashni to‘xtatadi

Foto: Vesti.ru

WhatsApp messenjerini ishlab chiquvchilari 24 oktyabrdan e’tiboran ilovaning Android versiyasi faqat 5.0 yoki undan keyingi platforma versiyasiga ega smartfonlarda ishlashini ma’lum qildi.

Shunday qilib, xizmat Android 4.1, 4.2, 4.3 va 4.4 bilan ishlaydigan smartfon egalari uchun mavjud bo‘lmaydi. Agar sizning smartfoningiz 2016 yildan keyin chiqarilgan bo‘lsa, unda Androidning eng so‘nggi versiyasi o‘rnatilgan va tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi.

Faqat ishlab chiqaruvchilar tomonidan uzoq vaqt davomida qo‘llab-quvvatlanmagan haqiqiy eski modellarning foydalanuvchilari muammolarga duch kelishi mumkin - masalan, 10 yildan ko‘proq vaqt oldin chiqarilgan Galaxy Note 2, Samsung Galaxy S2 yoki HTC One shular jumlasidandir.

Qurilmalari endi WhatsAppni qo‘llab-quvvatlamaydigan barcha foydalanuvchilar bu haqida messenjerdan bir nechta xabarnomalarni olishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring