Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google Androidga kengaytirilgan maxfiylik himoyasini qo‘shadi

Google Androidga kengaytirilgan maxfiylik himoyasini qo‘shadi

Foto: 4PDA

Google foydalanuvchilarni shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashdan himoya qilish uchun Android xavfsizligini yaxshilashni e’lon qildi. Yangi Identity Check xususiyati muhim sozlamalar va ma’lumotlarga kirish uchun qurilma egasining shaxsini tasdiqlashning qo‘shimcha qatlamini qo‘shadi.

Identity Check bu avval ishga tushirilgan Theft Detection Lock funksiyasiga qo‘shimcha bo‘lib, u qurilma o‘g‘irlanishini aniqlash uchun SI algoritmidan foydalanadi.

Yangi funksiya yoqilganda, qurilma foydalanuvchi oldindan belgilagan ishonchli joylardan (masalan, uy va ofis) tashqarida bo‘lsa, kengaytirilgan himoya yoqiladi. Bu joylardan tashqarida PIN-kodni o‘zgartirish, o‘g‘irlikdan himoyalanishni o‘chirish yoki parollarga kirish kabi muhim hisob va qurilma sozlamalariga kirish uchun majburiy biometrik autentifikatsiya talab qilinadi.

Yangi funksiyadan birinchi bo‘lib Android 15 operatsion tizimiga ega Pixel smartfonlari va One UI 7 ga yangilangan Samsung egalari kirish huquqiga ega bo‘ladi. Shu yil oxirida Identity Check boshqa ishlab chiqaruvchilar qurilmalarida ham paydo bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring