Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Virtual reallik uchun murakkab texnologiya shart emas

Virtual reallik uchun murakkab texnologiya shart emas

Foto: 24gadget.ru

Bigscreen kompaniyasi Beyond nomli yengil va mittigina virtual reallik vositasini taqdim etdi. U 170 gramm atrofida. Shunga qaramay funksiyalari sheriklarinikidan qolishmaydi.

Vosita 90 Gs chastotada 2560 x 2560 pikselli OLED-displeyga ega. Gorizontaliga 93 darajali ko‘rish maydonini qo‘llab-quvvatlaydi va ishlashi uchun kompyuter kerak bo‘ladi.

Yangi gadjetga oldindan buyurtma berib, 999 dollarga sotib olishingiz mumkin. Bu Meta Quest Pro, HTC Vive XR Elite kabi raqobatchilari mahsulotidan ancha arzondir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring