Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Virtual olamga ommaviy migratsiya kutilmoqda

Virtual olamga ommaviy migratsiya kutilmoqda

Foto: "Pixabay.com"

Ma’lumotlarga qaraganda, 2026-yilga kelib insoniyatning virtual olamga sho‘ng‘ishi ancha kuchayadi. Bu paytga kelib aholining salmoqli foizi ish, ta’lim, dam olish, xarid qilish taqozosidan asosiy vaqtini onlayn makonda o‘tkazadi.

- Hozirdanoq odamlar raqamli dunyoni tanlamoqdalar - deydi "Gartner" tadqiqot markazi vitse-prezidenti Marti Reznik - Hatto virtual uylarga guvoh bo‘lyapmiz. Bora-bora bu insoniyatning ajralmas qismiga aylanib qoladi.

Masofaviy ta’lim, raqamli dasturlar asosida yer sotib olish, videokonferensiya uslubida tadbirlar o‘tkazish... Bunday ko‘rsatkichlar insonlar yagona muhitga birlashayotganini ko‘rsatadi. Shu asnoda metakoinot jamoaviy virtual makonga aylanadi. Turli qurilmalar va displeylar hayot davomiyligini uzviy ta’minlaydi.

Metakoinot har qanday biznesga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bill Geyts aytganidek, "Internetda biznesing bo‘lmasa, demak, umuman biznesing yo‘q ekan". Bu naql haqiqatligini kundan kunga yaqqol isbotlamoqda.

1909-1966-yillarda yashab ijod etgan polshalik faylasuv Stanislav Yeji Lets "Hali texnika shu qadar rivojlanadiki, inson bir o‘zi hech narsa qilolmaydi" farazini bergan edi. Shu zamonlarga yaqinlashayotgandekmiz. Zotan, inson mehnatining ko‘p foizi va balki asosiy miqdori texnikaga yuklatilgan, xizmatlar raqamlashtirilgan hamda elektronlashtirilgan.

Kompaniyalar metakoinotdagi biznesga o‘tib, o‘z faoliyatlarini kengaytirish va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Prognozlarga ko‘ra, 2026-yilga kelib dunyodagi tashkilotlarning 30 foizi meta-tayyor mahsulot va xizmatlarga ega bo‘ladi.

Menejerlar kelajakda raqobatbardosh bo‘lish uchun metakoinotni o‘rganish va unga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar, bu bugungi kunning oqilona qaroridir.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring