UZTELECOM - 5G ta’minoti bo‘yicha eng yaxshi

UZTELECOM O‘zbekistondagi eng yaxshi 5G ta’minoti uchun nufuzli LEAD Awards mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot Samena telekommunikatsiya kengashi tomonidan o‘tkazildi.
LEAD Awards mukofotini topshirish marosimi 2023-yil 10-11-oktyabr kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan Keng polosali mobil aloqaning xalqaro forumi (Global Mobile Broadband Forum 2023) doirasida tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida Toshkent va Samarqandda 5G tarmog‘i qamrovini amalga oshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter