Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UZTELECOM — O‘zbekistonning eng aqlli kompaniyasi (+video)

MDHdagi eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator — UZTELECOM “Business Quiz – 2023” intellektual o‘yinida 1-o‘rin egallab, "O‘zbekistonning eng aqlli kompaniyasi" nomiga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ushbu nufuzli turnirda mamlakatimizning 150 dan ziyod yetakchi kompaniyalari turli sohalarda o‘z bilimlari va aql-zakovatlarini namoyish etishdi.

Naq uch marotaba “Aloqa“ nominatsiyasida “Yil brendi“ mukofotini qo‘lga kiritgan “O‘zbektelekom“ kompaniyasining zukko jamoasi esa ushbu turnirda nafaqat yuqori darajadagi bilim, balki jamoada ishlash qobiliyati, kuchli g‘alaba qozonish istagi va haqiqiy jamoa ruhini ham namoyish etdi.

Aytish joizki, bugungi kunda kompaniya xizmatlarining yuqori sifati va ishonchliligi sifat menejmenti tizimiga muvofiq sertifikatlar bilan tasdiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring