Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inha universitetida Internetni o‘lchash kuni bo‘lib o‘tdi

Inha universitetida Internetni o‘lchash kuni bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universitetida RIPE NCC mintaqaviy Internet reestri tomonidan ICANN korporatsiyasi bilan hamkorlikda va Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati ko‘magida tashkil etilgan Internetni o‘lchash kuni bo‘lib o‘tdi.

Internetni o‘lchash kuni Sharqiy va Markaziy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida to‘rtinchi yil o‘tkazilayotgan bir qator tadbirlardir.

Tadbirda tarmoqning barqaror rivojlanishi va ishlashini ta’minlash, uning sifati va xavfsizligini oshirish, xususan, domen nomlari, IP manzillar, marshrutlash muammolari va internetga ulanishni ta’minlash maqsadida internet tadqiqotlarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etish joizki, mazkur tashabbus 2023-yilda “RIPE” MKM va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zbektelekom” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring