Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UzPostda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

UzPostda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Yoshlar oyligi munosabati bilan 19-iyun “O‘zbekiston pochtasi” AJ da bosh direktor A.Fayzullayev va yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazildi. 

Muloqotda “O‘zbekiston pochtasi” AJ da faoliyat olib borayotgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Ochiq muloqot davomida faol yoshlardan bo‘lgan Marketing bo‘limi boshlig‘i J.Jaxongirov hamda Sh.Orifjonovlar so‘zga chiqib pochta sohasini rivojlantirishda yoshlarning tutgan o‘rni hamda yutug‘lari haqida taqdimot o‘tkazishdi.

Video havolasi: https://youtu.be/zsgYiPnfw1U?si=V9ZwE9PXgAIFVEC_

Tadbir so‘nggida Respublika bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” AJ hayotidagi faol ishtiroki, mehnatsevarligi, kasbiy o‘sishga intiluvchanligi, tirishqoqligi va UzPost rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan 20 ta yosh taqdirlandi.                                                                                                                            

Mazkur ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tashkilot tizimidagi yoshlarni tinglash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring