Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATU Urganch filialida vazir va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

TATU Urganch filialida vazir va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida yoshlar bilan uchrashdi.

Vazir mamlakatimizda yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida IT yo‘nalishidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligi, 2030-yilgacha mamlakatimizning IT xizmatlari eksportini 5 mlrd dollariga yetkazish rejalashtirilgani, buning uchun 300 ming nafar malakali kadrlar kerakligi aytib o‘tildi. O‘z navbatida, kadrlar chet tilini mukammal bilishi, kamida B2 darajasiga ega bo‘lishi lozimligi, turli dasturlash yo‘nalishlarida xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lishlari kerakligi alohida ta’kidlandi.

Chet tili va IT-sertifikatlarga ega bo‘lish uchun mamlakatimizda ko‘plab imkoniyatlar yaratilgani, axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanish orqali talaba yoshlar yuqori daromadga ega bo‘lishlari, turli IT o‘quv markazlarini tashkil etishda imkoniyatlar yuqoriligi aytilib, xorijiy kompaniyalarga IT xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berib o‘tildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va muammolar yuzasidan Raqamli texnologiyalar vaziriga murojaat qildilar. IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha talabalarning bildirgan takliflari vazir tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbir yakunida TATU Urganch filiali talabalari orasidan turli stipendiyalarga sazovor bo‘lganlar, xususan, Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi sohiblariga stipendiya guvohnomalari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring