Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik delegatsiyasi Koreyaning ETRI ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikni muhokama qildi

Vazirlik delegatsiyasi Koreyaning ETRI ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikni muhokama qildi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida Elektronika va telekommunikatsiya ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) prezidenti Seung Chan Bang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ETRI bilan hamkorlikda kelgusida tizimdagi IT-universitetlar huzurida qo‘shma R&D markaz tashkil etish va koreyalik konsultant-ekspertlarni jalb qilish, ETRIning hududiy ofisini tashkil etish hamda sun’iy intellekt sohasida qo‘shma tadqiqot loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlik delegatsiyasiga ETRI tomonidan ishlab chiqilgan “Sun’iy intellekt texnologiyalarining avtonom transport vositalarida qo‘llanilishi” loyihasi tanishtirildi.

Shu bilan birga, ETRIning laboratoriyalariga tashrif uyushtirilib, yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Ma’lumot uchun: ETRI tadqiqot instituti IT sohasida mamlakatning yetakchi tadqiqot instituti hisoblanadi.

Ushbu universitet IT, elektronika, sun’iy intellekt va raqamli konvergensiya texnologiyalari sohasida tadqiqotlar o‘tkazish va tadqiqot natijalarini sanoatga keng joriy qilish orqali Koreya Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring