Jorj Vashington universiteti bilan IT ta’lim bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

AQShdagi Jorj Vashington universiteti rahbariyati bilan uchrashuv doirasida O‘zbekistonda IT ta’lim sohasini rivojlantirish borasida hamkorlik qilish, xususan Computer engineering va Applied science yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Jorj Vashington universiteti ijrochi direktori Britani Rayt, universitet dekani Jon Lach va boshqalar ishtirok etishdi.
Universitet rahbariyati IT ta’lim sohasida hamkorlik qilish qiziqishini bildirib, joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun: George Washington University — xususiy tadqiqot universiteti hisoblanib, 1821-yilda Vashingtonda tashkil etilgan. Universitet AQShdagi eng yirik universitetlardan biri bo‘lib, unda 200 dan ortiq bakalavriat va magistratura dasturlari mavjud. Hozirda ushbu universitetda 26 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Times Higher Education reyting agentligi talqiniga ko‘ra, ushbu universitet jahonda 201–250-o‘rinlarda, AQShda esa 72-o‘rinda turadi.
Manba: gov.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter