Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask tahsil olgan birinchi universitet jar yoqasida

Ilon Mask tahsil olgan birinchi universitet jar yoqasida

Foto: Ferra

Kanadada yetakchilardan sanalgan Kvins universiteti (Queen’s University) inqiroz yoqasiga kelib qoldi, e’tiborli jihati, bu Ilon Mask tahsil olgan ilk universitet hamdir.

Federal moliyalashtirishning qisqartirilishi, talabalikka ishtiyomadlarning kamayishi va inflyasiya universitetni moliyaviy muammolarga duchor qildi.

Og‘ir vaziyat sabab universitet rahbariyati ayrim dastur va fakultetlarni yopishga majbur bo‘ldi, yangi xodimlarni ishga olishni to‘xtatdi.

1841-yilda asos solingan Queen’s University o‘z akademik yutuqlari va taniqli bitiruvchilari bilan mashhur — ular orasida Ilon Mask ham bor. Ammo tinmay o‘sib borayotgan byudjet taqchilligi inqiroz xavfini solib turibdi.

Universitet muammo bilan kurashishda davom etyapti, kelajak esa mavhumligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring