Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Universitetdagi ma’ruzalarda gologrammadan foydalaniladi

Universitetdagi ma’ruzalarda gologrammadan foydalaniladi

Foto: Ferra

Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti Amerikaning Proto kompaniyasining real gologrammalarni yaratish uchun uskunalarini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Ular yordamida universitet ma’ruza o‘qishni rejalashtirmoqda.

2024-yil davomida sun’iy intellekt asosidagi gologramma yaratish texnologiyasi haqiqiy ma’ruza sharoitlarida sinovdan o‘tkaziladi. Darslarni Massachusets texnologiya institutidan taklif qilingan o‘qituvchilar olib boradilar.

Yangi yo‘nalish nafaqat masofadan turib dars olib boradigan o‘qituvchilarning, balki ilgari yashagan mashhur olimlarning, masalan, Albert Eynshteynning ham haqiqiy ishtirokini aks ettiradi. Aqlli uskunalardan foydalangan holda darslar 2025-yilda o‘quv rejasiga kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring