Ucell: Internet Orol dengizi sohilida (+video)
O‘zbekistonning eng yirik uyali aloqa operatori “Ucell” Orol dengizi sohilidagi “Aral Plaza” sayyohlik dam olish maskanida yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.
Kompaniya mamlakatning sayyohlik markazlarida sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatish va taqdim etish maydonlarini qamrab olish va kengaytirish ishlarini doimiy ravishda davom ettirmoqda.
Orol dengizi sohilida o‘rnatilgan tayanch stansiya ovozli aloqa va yuqori tezlikdagi internetni o‘z ichiga olgan barcha mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi.
Signal dengiz qirg‘og‘iga yetib borishi uchun oraliq stansiyalar zanjiri qurilgan, ulardan biri eng yaqin aholi punktidan 27 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Maxsus iqlim sharoiti va harorat o‘zgarishini hisobga olgan holda, balandligi 70, 36 va 30 metr bo‘lgan antenna-machta inshootlari o‘rnatilgan bo‘lib, ularda issiq va sovuqqa chidamli uskunalar o‘rnatilgan.
Ustyurt platosidagi energiya infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan uzoq joylarda tayanch stansiyalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun generatorlar va quyosh elektr stansiyalari kabi zamonaviy muqobil energiya manbalaridan foydalaniladi.
Elektr ta’minoti tizimlarida termostabil xonalarda zamonaviy, tez quvvatlanuvchi akkumulyatorlardan foydalanilgan.
“Ucell” mashhur sayyohlik joylarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulashni nazarda tutuvchi "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi maqsadlarini amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Orol dengizi bo‘yida tayanch stansiyalarini o‘rnatishdan avval Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani kurort joylarida hamda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi sayyohlik markazlarida tarmoqni modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter