Turkiyada kiberjinoyatlar nega ko‘payib ketgani ma’lum bo‘ldi

Turkiyada, bu yerga Rossiyadan ko‘p sonli dasturchilar qochib kelganidan so‘ng, kiberjinoyatlar soni keskin ko‘paydi. Bu haqda Financial Times Turkiya politsiyasidagi manbalariga asoslanib yozdi.
Manbalarga ko‘ra, mobilizatsiyadan qochib Turkiyaga kelgan bir toifa rossiyaliklar mahalliy hakerlar bilan birlashib, onlayn firibgarliklarga qo‘l urishmoqda. Telegram messenjerida ochilgan maxsus guruhlarda ular turk hakerlariga qanday qilib katta miqdordagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishni o‘rgatishmoqda, o‘z navbatida, mahalliy kiberjinoyatchilar o‘z aloqa manbalari orqali mo‘may daromadli sheriklikni ta’minlashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter