Toyota o‘tgan oyda avtomobil ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Toyota Motor kompaniyasining ma’lum qilishicha, avgust oyida avtomobillarning global ishlab chiqarilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga o‘sib, 798 771 ta avtomobilga yetganda kompaniya tarixidagi eng so‘nggi rekordni o‘rnatdi.
Dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisida mahalliy ishlab chiqarish hajmi 22 foizga o‘sdi. Natijada esa bu xorijdagi ishlab chiqarish hajmining 2 foizga pasayishini qopladi hamda o‘tgan yilgi yarimo‘tkazgich va ta’minot zanjiri muammolaridan xalos qildi.
Ammo o‘tgan oy oxirida barcha mahalliy zavodlarining bir kunga yopib qo‘yilishi ham ishlab chiqarish hajmiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Toyota Hindistonda ishlab chiqarish hajmi 321 foizga oshganini ma’lum qildi.
Kuni kecha kompaniya mamlakatda uchinchi avtomobil zavodini qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
Avgust oyida kompaniyaning global sotuvlar hajmi 9,8 foizga oshib, 853 285 ta avtomobilni tashkil etdi.
Xitoyda esa sotuvlar hajmi taxminan 7 foizga kamaydi. Ichki bozordagi sotuvlar hajmi aksincha 46 foizga, AQShda esa 15 foizga o‘sdi.
Avgust oyida kompaniya butun dunyo bo‘ylab 11 880 dona elektromobil sotdi. Bu 2023 yilning dastlabki sakkiz oyida sotilgan akkumulyatorli elektr transport vositalarining umumiy sonini 65 000 taga yetkazdi. Aytish joizki, elektromobillarning deyarli barchasi xorij bozorlarida sotilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter